» » Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda


“Korporativ boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori muhokama uchun joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish hamda uni Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi sifatida qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi korporativ boshqaruv, loyiha boshqaruvi, menejment, xususiylashtirish, baholash faoliyati, davlat-xususiy sheriklik, komplayens va audit sohasida kadrlar tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi.

Ilg‘or mamlakatlar, shu jumladan, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya tajribasi joriy etiladi.

Oliy maktabni xalqaro miqyosda tan olingan 200 ta jahonning eng nufuzli biznes maktablari reytingiga kiritish rejalashtirilyapti.

Shuningdek, biznes va korporativ boshqaruv sohasidagi biznes maktablarining xalqaro reytinglarini olish uchun yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik rivojlantiriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida “ikki diplom” (double degree) qo‘shma dasturlari amalga oshiriladi va IELTS, TOEIC, TOEFL va GMAT talablarini hisobga olgan holda ularga nomzodlarni saralash yuqori darajada tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, Oliy maktab professor-o‘qituvchilari tarkibiga xorijiy yetakchi oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali o‘qituvchilarini jalb qilishga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют