» » Rasman: Alisher Usmonov “Paxtakor” klubi aksioneriga aylandi

Rasman: Alisher Usmonov “Paxtakor” klubi aksioneriga aylandi


Toshkentning “Paxtakor” klubi aksioneri sifatida Alisher Usmonov tanishtirildi. Bu haqda “Championat.asia” sayti xabar berdi.

Bugun — 10-aprel kuni klubda yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unda “Paxtakor” aksiyalari Alisher Usmonovga tegishli ekani e’lon qilingan.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston Paralimpiya raisi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov “Paxtakor” klubining yangi bosh direktori etib tayinlangan. Bunga qadar shu lavozimda Rustam Ko‘paysinov ishlab kelayotgandi.

Alisher Usmonov “Paxtakor” aksiyalarining hammasiga egalik qiladimi yoki ma’lum qismiga — oydinlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov ayni vaqtda Londonning “Arsenal” jamoasi aksionerlaridan biri, shuningdek, u Angliyaning yana bir jamoasi “Everton”ning asosiy homiylaridan hisoblanadi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют