» » Koronavirus tufayli yig‘layotgan ayol, Londondagi terakt, Ukrainaga kelgan Erdo‘g‘on. 3-fevralning eng qiziqarli suratlari

Koronavirus tufayli yig‘layotgan ayol, Londondagi terakt, Ukrainaga kelgan Erdo‘g‘on. 3-fevralning eng qiziqarli suratlari


Bugun, 3-fevral kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

London, Buyuk Britaniya

Sudesh Amman o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan joyda politsiya ish olib bormoqda. Hodisa oqibatida 3 kishi yaralangan, 20 yoshli hujumchining o‘zi esa politsiya tomonidan otib tashlangan.

Pensilvaniya, AQSh

Panksatonida Sug‘ur kuni munosabati bilan ob-havoni bashorat qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Manila, Filippin

Manila aeroportida yo‘lovchilar o‘z reysini poylamoqda. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatga Xitoydan faqat filippinliklar kirishiga ruxsat bergan. Filippin koronavirus tufayli vafot etish holati Xitoydan tashqarida ro‘y bergan birinchi davlat bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi: Virus bo‘yicha 3-fevralning eng muhim xabarlari

Bogota, Kolumbiya

Matador Cultural la Santamaria maydonida buqaga qarshisiga chiqdi.

Kiyev, Ukraina

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Mayami, AQSh

Amerikacha futboli bo‘yicha mavsumning eng asosiy o‘yinining tanaffus vaqtida Shakira va Jennifer Lopes chiqish qildi.

Mavzuga doir: Futbol sabab turmush o‘rtog‘ini uchratgan yulduz 43 yoshga to‘ldi. Shakira haqida fotomaqola

“Kanzas” o‘yinchisi Superbouldagi g‘oliblikni nishonlamoqda.

Kllend, Avstraliya

Atrof-muhit vaziri Devid Spirs va veterinar koalalarni qo‘riqxonaga qo‘yib yubormoqda.

Szyansi, Xitoy

Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasidan kelgan ayol politsiyadan saratondan aziyat chekayotgan qizini davolanish uchun nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazib yuborishlarini so‘rab ko‘z yosh to‘kmoqda. Koronavirus tufayli hozirgacha 362 kishi halok bo‘ldi.

London, Buyuk Britaniya

Teyt muzeyida “Britan barokkosi: Hokimiyat va illyuziya” nomli ko‘rgazma ochilishi arafasida.

Montevideo, Urugvay

Urugvayda dengiz ma’budi Iyemanya sharafiga o‘tkazilgan bayram.

Yangi Janubiy Uels, Avstraliya

O‘t o‘chiruvchilar tutayotgan daraxtga suv sepmoqda.

Mavzuga doir:Fotogalereya: Avstraliya tabiati o‘rmon yong‘inlaridan keyin yana “tirila boshladi”

Tokio, Yaponiya

Tokio Olimpiadasida voleybol va aravachalardagi basketbol musobaqalari o‘tkaziladigan Ariake Arena’ning ochilish marosimidagi tashrifchilar.

Ayova, AQSh

AQSh prezidentligiga nomzod demokrat Berni Sanders Ayovada o‘z tarafdorlari bilan uchrashdi.

Kalkutta, Hindiston

Namoyishchilar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining qo‘g‘irchog‘ini yoqib yubormoqda.

Lesbos, Gretsiya

Politsiya namoyish o‘tkazayotgan qochoq va migrantlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llaganidan so‘ng yerda yotgan ayol.

London, Buyuk Britaniya

Xoakin Feniks “Joker” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasida BAFTA mukofotini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir:“1917” tarixiy filmi Britaniya kinoakademiyasi mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

Lissabon, Portugaliya

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan evakuatsiya qilingan portugaliyaliklar harbiy aviabazaga kelib qo‘ndi.

Avvalgi kunlarning eng qiziqarli suratlari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 02:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют