» » O‘zbekistonda intensiv bog‘, tokzor va issiqxonalar aholiga lizing hamda kreditga beriladi

O‘zbekistonda intensiv bog‘, tokzor va issiqxonalar aholiga lizing hamda kreditga beriladi


“Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar quriladi hamda aholiga lizing va kredit shartlari asosida beriladi.

Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish ishlari agentliklar va jamg‘arma tomonidan, shuningdek, agentliklar bilan kelishilgan holda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Intensiv bog‘ yoki tokzorlar — ular hosilga kirguncha qadar (turiga ko‘ra) imtiyozli davr bilan, issiqxonalar — 1 yillik imtiyozli davr bilan lizing oluvchiga 7 yilgacha muddatga lizingga beriladi hamda tijorat banklari tomonidan kredit ajratilishi mumkin.

Qaror bilan Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tashabbuskorlar murojaati asosida tuman hokimligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan talabgorlarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi.

Ro‘yxat shakllangach, tuman hokimligi tegishli agentliklarga yoki jamg‘armaga yozma murojaat qiladi. Agentliklar, jamg‘arma ikki oy muddatda intensiv bog‘, tokzor yoki issiqxonani tashabbuskorga lizing yoki kredit shartlari asosida berish uchun lizing tashkilotini yoki tijorat bankini aniqlaydi. Loyihani tasdiqlab, tuman hokimligiga taqdim etadi.

Shu asosda tuman hokimligi tomonidan 10 kun muddatda intensiv bog‘, tokzor barpo etish uchun 10 gektardan, issiqxona qurish uchun 3 gektardan kam bo‘lmagan yer maydoni 10 yil muddatga vaqtincha foydalanish sharti bilan ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют