» » IIV huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

IIV huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Prezidentning 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish haqidagi hujjat loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Yuqoridagi qaror quyidagi tahrirdagi band bilan to‘ldirilmoqda:

“2020-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (Respublika jamg‘armasi) tashkil etilsin.

Belgilansinki:

a) Respublika jamg‘armasini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Respublika jamg‘armasi mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining asoslantirilgan xulosasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi”.

Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют