» » Mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi


Vazirlar mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-son qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Qarorga ko‘ra, mahallalar tashqi bozor talablari asosida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

“Tomorqa xizmati” MChJlar mahallalarga biriktirilgan holda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘, ko‘chat va boshqa zarur moddiy resurslar yetkazib beradi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olinadi, ularning eksport qilinishi tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarning realizatsiya va eksport qilinishida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu ekinlarni ekish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan tomorqa yer egalari, shuningdek, ish bilan band bo‘lmagan aholining ro‘yxati shakllantiriladi, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralar belgilanadi.

Tomorqadan samarasiz foydalangan tomorqa yer egalariga ko‘maklashuvchi tashabbuskor fermer xo‘jaliklari biriktiriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют