» » O‘zbekistonda 10 kunda sodir bo‘lgan YTHlarda 54 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 10 kunda sodir bo‘lgan YTHlarda 54 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekiston IIV YHXBB 21—31-yanvar kunlari davomida mamlakat hududida yuz bergan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 10 kun ichida jami 125 YTH sodir etilgan, ularda 54 kishi halok bo‘lgan, 93 nafari turli darajada tan jarohatlari olgan. 11—20-yanvar kunlari 141 YTH sodir etilib, ularda 25 nafar odam halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Eng ko‘p (jami 23 ta) YTH Toshkent shahrida kuzatilgan, shuningdek, Toshkent viloyati (16 ta), Farg‘ona (12 ta), Namangan (12 ta) va Qashqadaryo (10 ta) viloyatlarida esa YTHlar nisbatan ko‘p qayd etilgan. Qolgan hududlarda o‘rtacha 3 tadan 9 tagacha YTH sodir bo‘lgan.

YTHlardan 55 tasi piyodalar, jumladan 12 bola, 2 tasi mast haydovchilar ishtirokida sodir bo‘lgan.

YTHlarning 33 tasi piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi, 17 tasi haydovchining piyodani ko‘rmay qolishi, 16 tasi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 14 tasi harakat davomida yo‘nalishni o‘zgartirish, 11 tasi yomon ob-havo sharoiti, 8 tasi haydovchining rulda uxlab qolishi, 6 tasi quvib o‘tish qoidalarining buzilishi sababli yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют