» » Chinoz—Guliston avtomobil yo‘lining chetiga to‘siqlar o‘rnatilgani haqidagi dalolatnomalar soxta bo‘lib chiqdi

Chinoz—Guliston avtomobil yo‘lining chetiga to‘siqlar o‘rnatilgani haqidagi dalolatnomalar soxta bo‘lib chiqdi


“Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi rahbari O.X. va boshqalar Chinoz—Guliston yo‘lining 59—68-kilometrida olib borilgan rekonstruksiya ishlarida yo‘l chetiga muhofazalovchi to‘siqlar o‘rnatilganligi to‘g‘risida dalolatnomaga soxta ma’lumotlar kiritgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 470 dona muhofazalovchi to‘siqlar o‘rnatilmasdan, jami 614,7 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilingan.

Mavzuga doir: Jizzaxda qurilish ishlariga ajratilgan 2,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan kompaniya mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Mazkur holat yuzasidan “Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi rahbari O.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют