» » Video: Pekindan uchgan bortida 250 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

Video: Pekindan uchgan bortida 250 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot Toshkentga qo‘ndi


O‘zbekiston fuqarolarini Xitoyning Uxan shahri va boshqa hududlaridan olib kelish uchun tashkil qilingan charter reysning dastlabki samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha tajribali mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari yo‘lovchilarni samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur vositalarga ega bo‘lgan.

Xitoydan olib kelingan o‘zbekistonliklar koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtirildi.

Mavzuga doir: Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi

Xabar berilishicha, tashkil qilingan vaqtincha karantin muassasalarida yuqumli kasalliklar bo‘yicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa yetakchi shifokor-mutaxassislar ish olib boradi. Ular xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda tashxis qo‘yish, davolash hamda karantin tadbirlarini tashkillashtirish tajribasiga ega. Shifokorlar karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga yetgunga qadar faoliyat olib borishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют