» » Qutqaruvchilar Kamchatkadagi qor ko‘chkisi oqibatida yo‘qolgan odamlarni qidirishga kirishdi

Qutqaruvchilar Kamchatkadagi qor ko‘chkisi oqibatida yo‘qolgan odamlarni qidirishga kirishdi


Qutqaruvchilar guruhi Kamchatkada qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan hududga yetib keldi. Ikki kishi qor ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda FVV Kamchatka bo‘limi rahbari Yuliya Ananyeva ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“9-aprel, yakshanba kechqurun hodisa joyiga yo‘lga chiqqan qutqaruvchilarning birinchi guruhi ko‘chki hududiga yetib bordi. U yerda hozir 18 kishi ishlamoqda. Ular qoyalarni shchuplar yordamida tekshiradi. Qutqaruvchilarga ko‘ngillilar yordam bermoqda”, — dedi Ananyeva.

U, shuningdek, qutqaruvchilar avtokolonnasi hamda FVVning bortida qutqaruvchilar va kinologlar bo‘lgan Mi-8 vertolyoti vulqon hududiga tomon harakatlanayotganligini qo‘shimcha qildi.

Hozirgi paytda yo‘qolgan odamlarning shaxsi ma’lum qilinmaganligi ta’kidlanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 16) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют