» » Lukashenko shakar zavodlari direktorlari Rossiyaga shakarni arzon sotgani uchun hibsga olinganini ma’lum qildi

Lukashenko shakar zavodlari direktorlari Rossiyaga shakarni arzon sotgani uchun hibsga olinganini ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yanvar oyi oxirida yo‘qolib qolgani aytilgan shakar zavodlari rahbarlari davlat xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan hibsga olinganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Davlat rahbari korxonalar rahbarlari Rossiyaga arzon narzda shakar sotganlikda ayblanayotganini qo‘shimcha qildi.

“Belarusda hali bunaqasi bo‘lmagan. Ular Moskvada savdo uyini tashkil qilgan. O‘zlarining odamlarini olib borgan. Belarusdagi shakar zavodlaridan shakarni arzon narxga yetkazib, u yerda qimmat narxga sotgan. Sotuvchilar narxdagi tafovutni direktorlarga pora sifatida bergan”, — deydi Lukashenko.

29-yanvar, chorshanba kuni, Belarusda mamlakatda ishlaydigan to‘rtta shakar zavodi direktorlari bir vaqtning o‘zida ish joylaridan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Belarusda bir vaqtning o‘zida barcha shakar zavodlari direktorlari g‘oyib bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют