» » KXDR xorijiy diplomatlarga mamlakatga kirish va chiqishni taqiqladi

KXDR xorijiy diplomatlarga mamlakatga kirish va chiqishni taqiqladi


KXDR hukumati koronavirusning tarqalishi munosabati bilan xorijiy davlatlar diplomatlariga mamlakatga kirish va chiqishni taqiqladi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Diplomatik korpuslar vakillariga mamlakatdan chiqish va yangi xodimlarga mamlakat hududiga kirish taqiqlanadi. O‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, mamlakatga kelgan bo‘lsangiz, Pxenyanga kirish punktlaridagi 15 kunlik karantin tugaganidan keyin ruxsat etiladi, — deyiladi xabarda.

Xabarda, shuningdek, diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga karantin ostidagi shaxslar bilan aloqa qilmaslik ham tavsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan 425 kishi vafot etdi, 20 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirib oldi.

4-fevral, seshanba kuni, Xitoydan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Ular 14 kunga maxsus jihozlangan kasalxonalarga yotqiziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют