» » Yaponiyada 4 ming kishilik sayohat kemasi koronavirus sababli karantinga olindi

Yaponiyada 4 ming kishilik sayohat kemasi koronavirus sababli karantinga olindi


Yaponiyadagi sayohat kemasida 10 kishida koronavirusi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi aniqlandi. Rasmiylarning qaroriga asosan, bortida to‘rt mingga yaqin kishi bo‘lgan kema ikki hafta muddatga Yokogama qirg‘oq akvatoriyasida karantinga olingan. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Xabar berilishicha, Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi 5-fevral, chorshanba kuni, shifokorlar 10 kishida yangi koronavirus sabab bo‘lgan pnevmoniyani aniqlaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, virus gonkonglik yo‘lovchi tomonidan yuqtirilgan bo‘lishi mumkin.

Sayohatchilarni tashuvchi kompaniyaning xabar berishicha, Yaponiyaga samolyotda uchib kelgan 80 yoshli erkak 20—25-yanvar kunlari Diamond Princess bortida bo‘lgan. Gonkongda mazkur yo‘lovchidan koronavirus topilgan.

Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Kema operatori tomonidan xabar berilishicha, uch nafar yaponiyalik, Xitoyning uch nafar fuqarosi, ikki nafar avstraliyalik va AQShning bir nafar fuqarosi, shuningdek, filippinlik ekipaj a’zosi tasdiqlangan tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yaponiyaning NHK telekanali xabariga ko‘ra, to‘rt kishining yoshi 50 dan 60 yoshgacha, yana to‘rt nafari 60 yoshdan 70 yoshgacha, biri kishi 70 yoshdan, boshqasi 80 yoshdan oshgan. Ularning hech birining ahvoli og‘ir emasligi ta’kidlangan.

Kruiz kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, kema bortida jami 2666 nafar yo‘lovchi va ekipajning 1045 nafar a’zosi bo‘lgan. Ularning qariyb yarmi Yaponiya fuqarolari, shuningdek, laynerda jami 56 mamlakat fuqarosi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24,3 mingga yetdi. Kasallik oqibatida vafot etganlar esa 490 kishini tashkil etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun yaqin uch oyda 61,5 million dollar kerak bo‘ladi. Xitoylik virusologlar atipik pnevmoniyaga qarshi vaksina 2019-nCoV koronavirusini to‘xtatishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston 4-fevral, seshanba kuni, Xitoydan 250 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Ularda koronavirus aniqlanmadi. 5-fevral kuni murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan yana 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют