» » O‘zbekiston Prezidenti jazo muddatini o‘tayotgan 58 kishini afv etdi

O‘zbekiston Prezidenti jazo muddatini o‘tayotgan 58 kishini afv etdi


O‘zbekiston Prezidenti 58 kishini afv etishni ko‘zda tutuvchi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farmonga muvofiq, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.

Ma’lum qilinishicha, afv etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilinadi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shu tariqa, 44 kishi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Qayd etilishicha, afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda uch yilda salkam 2 ming mahbus afv qilinib, ozodlikka chiqarilgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют