» » Muvaffaqiyat uchun “hamma narsasi bor” Abxishek Bachchan. Ayshvariyaning turmush o‘rtog‘i 43 yoshga to‘ldi

Muvaffaqiyat uchun “hamma narsasi bor” Abxishek Bachchan. Ayshvariyaning turmush o‘rtog‘i 43 yoshga to‘ldi


Bugun, 5-fevralda muxlislarga “Tezlik ”, “Hech qachon alvido demang” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan taniqli, hind aktyori Abxishek Bachchan tavallud topgan. Bollivud kinoindustriyasida o‘ziga yarasha o‘rni bo‘lgan Abxishek 43 yoshga to‘ldi.

Quyida filmografiyasidan ko‘ra Amitabx Bachchanning o‘g‘li va Ayshvariya Rayning turmush o‘rtog‘i ekaniga ko‘proq urg‘u beriladigan aktyorning biografiyasiga nazar tashlaymiz.

U 1976-yil Mumbayda yulduzli oilada dunyoga kelgan. Shveysariyadagi maktabni tamomlagach, Boston universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetida o‘qigan. Ta’lim olayotgan sohasiga qiziqish bo‘lmay, yoshligidan o‘sib-ulg‘aygan muhit — san’atni tanlagan.

Universitetning ikkinchi kursida o‘qishni tashlab, kelajakda ota-onasi kabi aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Ota-onasi avvaliga uning bu yo‘lni tanlashini yoqlamagan, keyinchalik bo‘lsa farzandlari tanlovini hurmat qilgan holda o‘z taqdirini mustaqil hal qilishiga qarshilik ko‘rsatmagan.

2000-yilda suratga olingan “Qochoq” filmidagi rol kichik Bachchanning debyuti bo‘lgan. Shundan keyin boshqa rejissorlardan keyingi filmlar uchun taklif kuta boshlagan. Biroq keyingi filmlar unchalik mashhur bo‘lmagan. Oradan 3 yil o‘tib suratga olingan “Banti va Babli” esa uning darhaqiqat, iste’dodli ekaniga isbot bo‘lgan hamda kinotanqidchilarning ijobiy baholariga sababchi bo‘lgan. Kinotanqidchi Taran Adarshning aytishicha, Abxishekda aktyorga kerak bo‘lgan hamma jihat bor. U iste’dodni, tashqi ko‘rinishni yoki otasining obro‘sini nazarda tutadimi, bu bizga qorong‘u.

Aktyorning “Tezlik” va “Hech qachon alvido demang” filmlardagi ijrosini, hech ikkilanmay, karyerasidagi eng muvaffaqiyatli rollardan, undan keyingilarini esa u qadar omadli emas, desa ham bo‘ladi. Abxishekning jurnalistlarga bergan intervyusiga ko‘ra, u eng muvaffaqiyatli rollarni kelajakda ijro qilishiga ishonadi.

Abxishek, Raj Kapurning nabirasi, aktrisa Karishma Kapurning qo‘lini so‘raganiga qaramay, munosabatlar to‘ygacha yetib bormagan, unashtiruvning o‘zi bilan cheklangan. Bu esa, o‘z navbatida, oilalar o‘rtasidagi do‘stlik aloqasining yomonlashishiga sabab bo‘lgan. Karishmaning singlisi Karina Kapur bu voqealardan keyin Abxishek bilan bir filmda suratga tushishni istamagan.

Ayshvariya Rayga nisbatan iliqlikning paydo bo‘lishi esa aksari shou-biznes vakillari bilan yuz beradigan klassika, ya’ni suratga olish maydonchasida boshlangan. Tabiiyki, unga qadar ham juftlik o‘zaro tanish bo‘lgan, lekin u paytlarda ikkovining ham hayotida boshqa-boshqa odamlar bo‘lgan.

Boshlangan munosabatlar turmush qurish bilan yanada mustahkamlandi. Juftlikning nikoh to‘yi 2007-yil 20-aprelda Mumbayda bo‘lib o‘tgan. Ular 2011-yil 16-noyabrda farzandli bo‘lgan va unga Aaradxiya deb ism qo‘ygan.

Abxishek Bachchanning filmografiyasida bugungi kunda ellikdan ortiq turli janrdagi filmlar bor. Shuningdek, u Filmfare Award mukofotining 3 karra sovrindori hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют