» » Qorako‘lchilik faoliyati uchun subsidiya berish tartibi belgilandi

Qorako‘lchilik faoliyati uchun subsidiya berish tartibi belgilandi


O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaroriga muvofiq qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berish tartibi belgilandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan.

Qabul qilingan nizomda 2019—2023-yillarda qorako‘lchilik subyektlariga yetishtirilgan va eksportga sotilgan har birlik mahsulot uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.

Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

Nizomga ko‘ra, qorako‘l terisini o‘zida yetishtirmasdan boshqa qorako‘lchilik subyektlaridan xarid qilgan yoki ularni eksportga yo‘naltirmagan qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya ajratilmaydi.

Subsidiya olish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga belgilangan shaklda ariza topshiriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi arizani kelib tushgan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi hamda natija ijobiy bo‘lsa, ariza beruvchiga tegishli xabarnomani yuboradi. Bir vaqtning o‘zida Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanoma taqdim etiladi, vazirlik 1 ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Ushbu mablag‘lar yana 1 ish kuni ichida qorako‘lchilik subyektlarining tijorat banklaridagi hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.

Moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra, foydalanilmagan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hisobraqamida qolib ketgan mablag‘lar davlat budjetiga qaytariladi.

Qorako‘lchilik subyekti belgilangan shartlarga mos kelmaganda, shuningdek, soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud hujjatlar taqdim etilganda subsidiya ajratilishi rad etiladi.

Subsidiyalar ajratilish jarayoni Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют