» » Angliya Kubogi. “Tottenhem” “Sauthempton”ni qiyinchilik bilan yengdi (video)

Angliya Kubogi. “Tottenhem” “Sauthempton”ni qiyinchilik bilan yengdi (video)


“Tottenhem” Angliya Kubogining to‘rtinchi bosqichi takroriy bahsida “Sauthempton” bilan bahs yuritdi va qiyin g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Tangi Ndombelening zarbasidan so‘ng to‘p Jek Stivensga tegib darvozadan joy oldi. 34-daqiqada Sheyn Long hisobni tenglashtirdi.

72-daqiqada mehmonlar Denni Ingzning golidan keyin oldinga o‘tib oldi, biroq oradan ko‘p o‘tmay Lukas Moura muvzanatni tikladi. O‘yin yakunlanishi arafasida Son Hyon Min o‘zi ishlagan penaltini aniq bajargan holda “shporlar”ga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa Joze Mourinyo jamoasi keyingi bosqchiga yo‘l oldi va 1/8 finalda “Norvich” bilan bahs olib boradi.

Angliya Kubogi

To‘rtinchi saralash bosqichi

5-fevral, chorshanba

Gollar: 1:0 – 12, avtogol Stivens, 1:1 – 34 Long, 1:2 – 72 Ingz, 2:2 – 78 Lukas Moura, 3:2 – 87, penalti Son Hyon Min.

“Tottenhem”: Lyoris, Tanganga, Vertongen (Jedson Fernandesh, 54), Orye, Alderveyreld, Sessenyon (Sanches, 90), Dayer, Lukas Moura, Uinks, Son Hyon Min, Ndombele (Alli, 61).

“Sauthempton”: Gann, Stivens, Bednarek, Bertran, Romeu, Uord-Prouz (Vestergor, 40), Heyberg, Redmond, Bufal (Armstrong, 67), Ingz, Long (Adams, 81).

Ogohlantirishlar: Bednarek (55), Jedson Fernandesh (59), Romeu (84), Adams (85), Gann (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 02:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют