» » Germaniya Kubogi. “Bavariya” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Hoffenhaym”ni mag‘lub etdi

Germaniya Kubogi. “Bavariya” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Hoffenhaym”ni mag‘lub etdi


Germaniya Kubogining 1/8 final bosqichida “Bavariya” 5-fevral, chorshanba kuni “Hoffenhaym” bilan bahs yuritdi va g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar Jerom Boatengning avtogolidan keyin oldinga o‘tib oldi. 12-daqiqada esa Benyamen Hyubner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Tanaffusga qadar Tomas Myuller va Robert Levandovski hisobni myunxenliklar foydasiga o‘zgartirdi.

80-daqiqada polshalik hujumchi dublini nishonladi. O‘yin yakunlanishi arafasida Moanes Dabur ikkita to‘p kritib farqni minimal darajaga olib keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin myunxenliklar chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Germaniya Kubogi

1/8 final bosqichi

5-fevral, chorshanba

Gollar: 0:1 – 8, avtogol Boateng, 1:1 – 12, avtogol Hyubner, 2:1 – 20 Myuller, 3:1 – 36 Levandovski, 4:1 – 80 Levandovski, 4:2 – 82 Dabbur, 4:3 – 90+2 Dabbur.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng (Odriosola, 83), Pavar, Kimmix, Koutinyo, Devis, Tolisso, Gnabri, Levandovski (Zirkzeye, 81), Myuller (Kyuizans, 81).

“Hoffenhaym”: Pentke, Hyubner, Akpoguma, Kaderjabek, Nordtveyt, Grillich (Lukas Ribeyro, 71), Suber, Bruun Larsen (Baumgartner, 71), Rudi, Bebu (Dabbur, 61), Kramarich.

Ogohlantirishlar: Nordtveyt (31), Tolisso (39), Pavar (55), Alaba (84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют