» » TIV Pekindan Toshkentga uchadigan navbatdagi charter reys haqida ma’lumot berdi

TIV Pekindan Toshkentga uchadigan navbatdagi charter reys haqida ma’lumot berdi


“Ommaviy axborot vositalarining ko‘plab murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, 2020-yil 5-fevral kuni Xitoydagi vatandoshlar navbatdagi charter reysida Pekin aeroportidan Toshkentga uchadilar”, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligining xabarida.

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, vataniga qaytishni istagan 260 ga yaqin fuqarolarning dastlabki ro‘yxati tuzilgan.

Diplomatik vakolatxona tomonidan Xitoyning turli mintaqalarida tahsil olayotgan 800 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar bilan kunu-tun to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatilgan. Tushuntirish ishlari muntazam ravishda davom etmoqda, xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi dolzarb tavsiyalar hamda vatandoshlarni olib ketish bo‘yicha choralarning har bir bosqichi to‘g‘risida ma’lumotlar tizimli tarzda yuborildi va yuborilmoqda, zarur hollarda turli masalalarni hal qilishda Xitoy hukumati bilar birgalikda yordam ko‘rsatildi.

Avval 4-fevral kuni Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga charter reys bilan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelinib, karantinga joylashtirilgandi.

Elchixona tomonidan Xitoy rasmiy idoralari, jumladan Xubey provinsiyasi ma’muriyati bilan birgalikda karantin hududidagi O‘zbekiston fuqarolarini bosqichma-bosqich evakuatsiya qilish rejasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Mazkur provinsiyadagi 20 dan ortiq manzildan hamyurtlarimiz, asosan 14 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari Uxan shahri aeroportiga yetkazilib, 5-fevral kuni ertalab Uzbekistan Airways AJning charter aviareysi orqali Toshkentga olib kelingan. Samolyot bortida 84 ta yo‘lovchi, jumladan 79 nafar vatandoshimiz vatanga qaytarildi. Qozog‘iston tomonining so‘roviga binoan mazkur samolyot bortida 5 nafar Qozog‘iston fuqarosi ham Xitoydan ortga qaytdi. Ularning ham barchasi karantin davrida maxsus jihozlangan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

TIV xabarida Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 138 1120 4471 (Aziz Xilvatov), +86 135 1102 4242 (Bobur Yaxyayev), +86 139 1175 4476 (Shuxrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255 5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют