» » Xitoy koronavirusga davo topilganini ma’lum qildi

Xitoy koronavirusga davo topilganini ma’lum qildi


Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Lining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virus samarali to‘xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo‘llanilgan.

Epidemiologning ta’kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi dorilari kutilganidek samarali emas va uning salbiy asoratlari bor. Li Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasiga topilgan dorilarning kombinatsiyasidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, olimning qayd etishicha, koronavirusga qarshi dorilardan faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga bo‘yicha foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: 

Avvalroq JSST 2019-nCoV virusiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emasligi, lekin kasallikka chalinganlarning ko‘p qismi undan vafot etmay, ular muolajalar yordamida shifo topayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, koronavirus infeksiya qo‘zg‘atuvchining genlarini o‘rgangan xitoylik virusologlar uning 2003-yilda butun dunyoga tarqalgan SARS atipik pnevmoniyasining “yaqin qarindoshi” degan xulosaga kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют