» » Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoy koronavirusi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoy koronavirusi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 5-fevral kuni olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 71 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar olingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 4-fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilingan, 3 924 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan.

Temir yo‘llari AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 5 ta poyezdda jami 892 nafar fuqarolar o‘tgan, shulardan 89 nafari xorij fuqarolari. Tana harorati ko‘tarilgan fuqarolar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1 606 ta avtotransport, 29 263 nafar fuqaro o‘tkazilgan, shulardan 14 495 nafari chet el fuqarosi hisoblanadi.

Xitoyning Pekin shahridan joriy yilning 4-fevral kuni charter reys bilan 250 nafar va 5-fevral kuni Uxan shahridan 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi va maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Kelgan fuqarolar malakali shifokorlar tomonidan to‘liq tekshirildi va koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, 14 kun (kasallikning yashirin davri davomida) laboratoriya va tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlarga Sog‘liqni saqlash vazirligidan sohaning yetakchi mutaxassislari jalb etilgan, ular tegishli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi joriy yilning 5-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют