» » Yaponiya harbiylari koronavirus sababli karantinga olingan 4 ming kishilik kruizga oziq-ovqatlar yetkazib beradi

Yaponiya harbiylari koronavirus sababli karantinga olingan 4 ming kishilik kruizga oziq-ovqatlar yetkazib beradi


Yaponiya Mudofaa vazirligi ayrim yo‘lovchilarning koronavirus bilan zararlangani tufayli karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi odamlarga yordam berish maqsadida 100 ga yaqin askarlar jo‘natishga qaror qildi. Bu haqda Kiodo agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Unda aytilishicha, harbiylar Tokio janubidagi Yokogama porti yaqinidagi ko‘rfazda turgan laynerga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish uchun jalb etiladi. Unda dunyoning 56 mamlakatidan kelgan taxminan 3 700 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bor.

Eslatib  o‘tamiz, Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi 5-fevral, chorshanba kuni, shifokorlar 10 kishida yangi koronavirus sabab bo‘lgan pnevmoniyani aniqlaganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng kema ikki hafta muddatga karantinga olingan. Qayd etilishicha, virus gonkonglik yo‘lovchi tomonidan yuqtirilgan bo‘lishi mumkin.

Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют