» » Urgutda ikkinchi marta avtomobil olib qochgan o‘smirga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi

Urgutda ikkinchi marta avtomobil olib qochgan o‘smirga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi


O‘tgan yilning 23-oktabr kuni soat 10:30 atrofida 17 yoshli D.H. Urgut shahri “Mergancha” mahallasi hududidagi avtoturargohda fuqaro F.N.ga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, o‘t oldirish joyida qoldirilgan kalit yordamida yurg‘izib, transport vositasini olib qochgan. Bu haqda IIV Tergov departamenti ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2019-yilning 24-oktabr kuni voyaga yetmagan D.H. Kattaqo‘rg‘on shahridagi dehqon bozori oldida avtomashinani boshqarib borayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov jarayonida D.H. avval ham xuddi shunday jinoyatni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (Xavfli retsidivist tomonidan transport vositasini olib qochish) bilan ayblov e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining hukmiga ko‘ra, D.H. aybdor deb topilib, unga 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют