» » Toshkentdagi avtobuslar yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfiksiya qilinmoqda

Toshkentdagi avtobuslar yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfiksiya qilinmoqda


Turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari boshlandi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Bu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, xorij davlatlarida, xususan, Xitoyda xavfli yuqumli virus — koronavirus bilan kasallanish holati avj olgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu virus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 5-fevral, chorshanba kuni, e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 71 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar olingan.

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda tibbiy niqoblar savdosi avjiga chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yozishicha, aksariyat dorixonalarda tibbiy niqob tugab qolgan, borlari esa odatdagi narxdan qimmat sotilmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют