» » Toshkentda to‘pponcha sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

Toshkentda to‘pponcha sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi


Bir necha shaxslardan iborat va oldindan til biriktirgan jinoiy guruh «Stechkin» rusumli, 9 mm kalibrli pistoletni 1500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 29-yanvar kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik A.Toshpo‘latov tomonidan berilgan topshiriqqa asosan, jinoyatchilar “Stechkin” avtomatik pistoletini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning 4 nafar a’zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil davomida o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 118 ta jinoiy holat aniqlangan.

Qayd etilishicha, 16 ta jinoiy holat kontrabanda yo‘li bilan amalga oshirilgan. Aniqlangan 118 ta jinoiy holat bo‘yicha 127 nafar (shundan 5 nafari chet el fuqarolari) shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslardan 114 dona qurol: 2 dona pistolet, 2 dona qo‘lbola usulda yasalgan qurol va 110 dona ov quroli, 1340 o‘q-dori, 1 ta trotil shashka va 2 dona granata, 46 kilogrammdan ziyod portlovchi moddalar hamda 1 dona qo‘lbola usulda yasalgan portlovchi qurilma ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Bundan tashqari, aholi o‘rtasida qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi yuzasidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida birgina 2019-yil davomida 114 nafar fuqarodan 771 dona qurol-yarog‘ (shundan 8 dona pistolet, 109 dona boshqa turdagi qurol-yarog‘, 654 dona ov quroli, 3705 dona patron, 5 dona granata, 1326 gramm portlovchi moddalar) ixtiyoriy ravishda topshirildi.

Bu shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют