» » Toshkentdagi Turin politexnika universiteti yangi o‘quv yilida 400 nafar talaba qabul qiladi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti yangi o‘quv yilida 400 nafar talaba qabul qiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 5-aprelda “Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 2017—2018-o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda UzReport xabar berdi.

Qarorga asosan, Turin politexnika universitetining bakalavriat bosqichiga belgilangan mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida 350 kishi qabul qilinadi.

Jumladan:

Mashinasozlik texnologiyasi — 200 kishi;

Energetika — 25 kishi;

Sanoat-fuqarolik qurilishi va arxitektura — 25 kishi;

Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi — 100 kishi.

Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichiga to‘lov-shartnoma asosida 50 kishi qabul qilinadi.

Magistratura bosqichiga quyidagi yo‘nalishlarda talabalar qabul qilinadi:

Mexatronika — 25 kishi;

Sanoat marketingi — 25 kishi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют