» » Yaponiya qirg‘oqlarida karantinga olingan Diamond Princess kemasidagi hayot (fotogalereya)

Yaponiya qirg‘oqlarida karantinga olingan Diamond Princess kemasidagi hayot (fotogalereya)


Yaponiyada 4 ming kishilik Diamond Princess sayohat kemasi koronavirus sababli karantinga olingani haqida xabar berilgan edi. Kema bortida jami 2666 nafar yo‘lovchi va ekipajning 1045 nafar a’zosi bo‘lgan. “RBK”ning yozishicha, 6-fevralga kelib bortdagi 20 kishida koronavirus infeksiyasining alomatlari aniqlangan. Nashr karantinda turgan kemadagi hayot aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Diamond Princess sayohat kemasi 20-yanvar kuni Yaponiyaning Yokogama shahridan jo‘nab ketgan va 3-fevral kuni qaytib kelgan. Sayohat davomida kema Yaponiyaning Okinava va Kyusyu orollaridagi portlari, shuningdek, Gonkong va Vyetnamdan o‘tgan.

Yaponiyaga samolyotda uchib kelgan 80 yoshli erkak 20—25-yanvar kunlari Diamond Princess bortida bo‘lgan. Gonkongda mazkur yo‘lovchidan koronavirus topilgan.

Kema qabul qilish portiga kirgandan so‘ng uni 14 kun davomida karantinga olishga qaror qilingan.

Barcha kasallanganlar Yaponiyaning Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yuborilgan.

Yaponiya harbiylari kemaga oziq-ovqatlar yetkazib beradi.

Diamond Princess kemasi 2004-yilda suvga tushirilgan. Bortda bir nechta restoran va bar, spa salon, beshta basseyn, fitness markazi, tennis korti, mini golf maydoni, tungi klub va kazino mavjud.

Ma’lumot uchun, 6-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют