» » Samarqandda talabalar Darg‘om kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Samarqandda talabalar Darg‘om kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi


5-fevral, chorshanba kuni, soat taxminan 19:40 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Charxin shaharchasidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga noma’lum qiz tushib ketgan. Mazkur voqeani tasodifan ko‘rib qolgan Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti talabalari Ro‘zimurod Mardonov va Sarvar Muhammadiyev qizni qutqarib qolgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

“Kattaqo‘rg‘on tumaniga ketayotgan vaqtimizda Darg‘om kanali ko‘prigidan o‘tayotganda qandaydir sharpani ko‘rdik. Avtomobilni to‘xtatib, pastga qaraganimizda noma’lum kishining suvga cho‘kayotganini ko‘rdik. Odamning suvga oqayotganini ko‘rib, kiyimlarimiz bilan suvga tashladik. 500 metr uzoqqa oqib borib uni qutqarganimizda 18—20 yoshli qiz ekanligini bildik. Uni zudlik bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga olib borib, holat yuzasidan IIBga murojaat qildik”, — deydi qutqaruvchilardan biri.

Pastdarg‘om tuman IIBning ma’lum qilishicha, suvga tushib ketgan qiz tumandagi “Mang‘itobod” mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan M.T. bo‘lib, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Avvalroq Qashqadaryoda Milliy gvardiya xodimlari Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosiga sakrab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ikki fuqaroning hayotini saqlab qolgan edi. Samarqandlik yigit esa suvda cho‘kayotgan 3 yashar bolakayni qutqarib qolgandi. Xorazmlik 21 yoshli Yoqubboy Do‘smatov suvga cho‘kayotgan ayolning hayotini qutqarib qolgan. Bu jasorati uchun Yoqubboy Do‘smatov FVBga ishga taklif qilindi. Biroq bu vaqtda u Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketgan edi. Rossiyaga borgach, yigitning o‘zi ham qiyin vaziyatga tushib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют