» » Turkmanistonda davlat tashkilotlarining 40 yoshdan oshgan xodimlariga sochini qoraga bo‘yash taqiqlandi

Turkmanistonda davlat tashkilotlarining 40 yoshdan oshgan xodimlariga sochini qoraga bo‘yash taqiqlandi


Turkmanistonda 1-fevraldan e’tiboran davlat muassasalari va korxonalarining  40 yoshdan oshgan erkak xodimlariga sochlarini qoraga bo‘yash taqiqlangan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Shu bilan birga, tabiiy soch rangiga ega erkaklardan sochlarining rangini biroz oqartirish talab qilindi.

Davlat tashkilotlari rahbarlari buni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov sochlarining oqarishi bilan izohlamoqda. Endilikda Turkmaniston prezidenti bilan uchrashishga faqat oq sochli erkaklargagina ruxsat beriladi.

Davlat xizmatchilarining ta’kidlashicha, Berdimuhamedov sochlarini qora rangga bo‘yagan paytlarida, ular ham sochlarini qoraga bo‘yash kerak edi, ammo hozir buning aksini talab qilishmoqda.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sochlarini o‘n yil davomida muntazam bo‘yab turardi, ammo 2018-yilning yozida prezident Berdimuhamedov odamlar orasida oqargan sochlari bilan paydo bo‘la boshladi. Shundan so‘ng, Turkmaniston rasmiylari erkaklar uchun sochlarni bo‘yashga norasmiy taqiqni joriy etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют