» » “Barselona” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi

“Barselona” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida “Barselona” 6-fevral, payshanba kuni “Atletik” mehmoni bo‘ldi.

Bilbaoda kechgan bahsda maydon egalari ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda gol urgan holda yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Inyaki Uilyams 93-daqiqada jarima maydoniga uzatib berilgan to‘pga boshi bilan zarba berib, uchrashuvdagi yagona golni urdi.

Shu tariqa “Valensiya”, “Real” va “Vilyarreal” ortidan katalon klubi ham musobaqa bilan xayrlashdi. Yarim finalda “Granada”, “Mirandes”, “Real Sosyedad” va “Atletik” jamoalari o‘ynaydi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final bahsi

6-fevral, payshanba

Gol: 1:0 — 90+3 Uilyams.

“Atletik”: Unai Simon, Berchiche, Nunyes, Martines, Kapa, Raul Garsiya (Ibai Gomes, 89), Vesga (San Xose, 66), Muniain (Aduris, 77), Dani Garsiya, Yeray Alvares, Uilyams.

“Barselona”: ter Shtegen, Langle, Alba, Pike (Umtiti, 80), Serxi Roberto, de Yong, Rakitich (Artur, 69), Fati (Grizmann, 57), Buskets, Semedu, Messi.

Ogohlantirishlar: Semedu (6), Messi (39), Alba (40), Yeray Alvares (44), Vesga (53), de Yong (57), Dani Garsiya (63), Pike (72), Artur (81).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют