» » O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 2019-yilda 30 mlrd dollarga yaqinlashgan

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 2019-yilda 30 mlrd dollarga yaqinlashgan


Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining yangilangan statistikasini e’lon qildi.

2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, rasmiy zaxiralar 29,1 milliard dollarni tashkil etgan. Xalqaro zaxiralar — 28,6 milliard dollarga yetgan. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangani tufayli deyarli barcha miqdor xorijiy valyuta (12,4 milliard dollar) va oltin (16,3 milliard dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni oshkor qilgan holda jamoatchilik e’tiboriga havola qila boshlaganidan beri, ya’ni 2017-yildan buyon ilk bora rasmiy zaxiralar 29 milliard dollardan oshgan. 2018-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 milliard dollarni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют