» » Time jurnali o‘z muqovasiga tibbiy niqobdagi Si Szinpin portretini joylashtirdi

Time jurnali o‘z muqovasiga tibbiy niqobdagi Si Szinpin portretini joylashtirdi


AQShning Time jurnali o‘zining navbatdagi soni muqovasiga tibbiy niqob taqqan Xitoy prezidenti Si Szinpinning portretini joylashtirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Jurnalda e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi natijasida yuzaga kelgan inqiroz Xitoy jamiyatining va siyosiy hokimiyatning haddan tashqari markazlashuvidan kelib chiqqan mamlakatni boshqarish tizimining mo‘rtligini ko‘rsatdi.

Time jurnalistining yozishicha, koronavirus tarqalishi Si Szinpinning Xitoy asri haqidagi orzularini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

TIME’s new cover: The coronavirus outbreak could derail Xi Jinping’s dreams of a Chinese century https://t.co/f7CaZ74iv4 pic.twitter.com/sd7UOSyL8Q

— TIME (@TIME) February 6, 2020

Maqolada qayd etilishicha, Si Szinpin hokimiyatining kuchi hozirda Mao Szedun davridan beri mamlakat boshqargan har qanday yetakchisining kuchidan ustun. U o‘zi rahbarlik qilayotgan partiyaga aholining sodiqligi asosida Xitoyga buyuklikni qaytarish uchun (“Xitoyni yana buyuk qilish” uchun) hamma narsa qilishga tayyor. Biroq Time’da ta’kidlanishicha, koronavirus epidemiyasi ushbu tizimning zaifligini ko‘rsatdi, chunki kasallikka qarshi kurash nafaqat yangi kasalxonalarni noldan boshlab bir necha kun ichida qurish qobiliyati, balki boshqaruv tizimining ishonchliligi va moslashuvchanligini ham talab qiladi.

“Bu Si Szinpin tomonidan yaratilgan ‘yuqoridan pastga’ boshqaruv tizimining ochiq tomoni: yuqoridan buyruqlar olinmaguncha, hech kim hech narsa qilmadi”, — deyiladi Time maqolasida. Shuningdek, maqolada Xitoydan keladigan ma’lumotlarga ishonch yo‘qligi ta’kidlanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan o‘lim darajasi atigi 2 foizni tashkil etadi. Bu oddiy grippdan biroz ko‘proq va Ebola isitmasi (50 foiz) yoki atipik pnevmoniyadan (10 foiz) ancha past.

Maqola muallifining qayd etishicha, Xitoy o‘zida ishonchsizlik qo‘rquvini kuchli g‘azabga aylantirishi mumkin. 2019-yil oxirida epidemiya boshlangan Uxan shahri aholisi Xubey provinsiyasida yakkalanib qomoqda. Biroq Xitoyning qolgan qismida, barcha Xubey provinsiyasi aholisi shu ahvolga tushmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z qishloqlarini begonalardan himoya qilishga tayyor qurollangan odamlarning videolari tarqalmoqda. Hatto Pekinda ham ko‘p qavatli binolarning qo‘riqchilari Xubeydan kelganlarga, shu jumladan, uyni ijaraga olganlarga ham uyga kirishga ruxsat bermayapti. Epidemiya o‘chog‘iga aylangan Xubey provinsiyasidan kelganlarga xizmat ko‘rsatilmayapti, bu esa janjallarni keltirib chiqarmoqda.

Avvalgi yillarda Time Si Szinpinning suratini uch marta o‘z muqovasiga joylashtirgan. 2012-yil oktabr oyida, ya’ni Si Szinpin Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi va XXR raisi etib saylanishi arafasida, u jurnal muqovasida “Ozod bo‘lmagan dunyoning keyingi rahbari” sifatida paydo bo‘lgan. 2014-yil noyabr oyida u “Imperator Si”, 2016-yil aprelda esa “Rais Si” sifatida jurnal muqovasidan joy olgan.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga koronavirusni yengishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют