» » Rossiyada ham tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada ham tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi


Maxsus niqoblar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar ushbu mahsulotga bo‘lgan talab xavfli koronavirus tarqalishi xavotiri oqibatida kuchayib ketganini e’lon qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Xabarga ko‘ra, “FK Puls” farmatsevtik kompaniyasi vakili niqoblarning to‘liq sotib bo‘linganini bildirgan. Shuningdek, u mahsulot narxi qimmatlashishga ham ulgurmaganini qayd etgan.

“Niqoblar qolmagan. Ayni vaqtda may oyi boshidan ularga navbat olinmoqda”, — deydi tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Leyko” korxonasi vakili.

Bozorda talabning o‘sishi respiratorlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

“Jahon bozorida ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi sababli katta hajmdagi buyurtmalarni amalga oshirishda qo‘shimcha vaqt olishga to‘g‘ri kelmoqda”, — degan “ZM” firmasi xodimi.

Avval Rossiyada tibbiyot niqoblarining narxi keskin qimmatlagan. Baykalbo‘yida 3-fevral kuni bir sutka ichida niqobning narxi 1 rubl 20 tiyindan 10 rublgacha qimmatlashgan. Ursk viloyatida ularning narxi 35 baravarga oshgan ya’ni 1 rubldan 35 rublga ko‘tarilgan. Dog‘istonda viruslardan himoya vositasiga o‘rtacha narxdan 650 foizga ortgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, dorilar va himoya vositalari narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ygan dorixonalarni litsenziyadan mahrum qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-nCoV virusiga chalingan odamlar soni Xitoyning o‘zida 28 ming nafardan oshgan, kasallik tufayli 565 nafar odam vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют