» » Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi

Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi


Hozirda butun dunyo koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahridagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Biroq hamma ham u yerdagi mahalliy shifokor va hamshiralar qanchalik og‘ir vaziyatda ekanligini bilmaydi. BigPicture virus tarqalganidan buyon Uxandagi shifokorlarning kun tartibi qanday o‘tayotgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Hamshiralar himoya kostyumini kiyish uchun bir-birlarining sochini kesishmoqda.

Endilikda mahalliy kasalxonalarda uzun sochli hamshiralar yo‘q.

Ayrim qizlar hatto sochini kal qilib oldirib tashlamoqda. Bu kasallanish xavfini kamaytirish va virusning soch orqali tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilmoqda.

Dastlabki tayyorgalikdan so‘ng, shifokorlar va hamshiralar maxsus himoya kostyumlarini kiyib, hamkasblarini tanib olishlari uchun unga ismlarini yozadi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari virus ko‘z, burun va og‘izga tushmasligi uchun maxsus ko‘zoynak va niqoblar taqmoqda.

Butun Xitoydagi shifokor va hamshiralar hamkasblariga yordam berish maqsadida Uxanga kelgan.

Kasallanganlar ko‘pligidan shifokorlarda dam olishga vaqt bo‘lmayapti. Ular bir daqiqa bo‘sh qolsa ham uxlab olishga harakat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют