» » 517-aprel kunlari yangicha yondashuv asosidagi mehnat yarmarkalari bolib otadi

517-aprel kunlari yangicha yondashuv asosidagi mehnat yarmarkalari bolib otadi


Joriy yilning 5-apreldan 17-aprel kuniga qadar Ozbekistonning barcha hududlarida kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ozbizneslarini ochishga komaklashish maqsadida hududlarda yangicha yondashuv tizimi asosida maxsus 34 kun davom etadigan yarmarkalar otkaziladi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

Mazkur mehnat yarmarkalari tartibiga kora, bitiruvchilar birinchi kun ish orinlari, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda mini-texnologiyalar bilan tanishadi va egallagan kasb-mahoratini namoyish qiladi. Ikkinchi kuni oilaviy imkoniyatlari va qiziqishini hisobga olgan holda, maslahatlashib ota-onalari bilan ishtirok etadi. Keyingi kuni esa oziga maqul keladigan ish joyini tanlaydi yoki biznesni boshlash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi.

Yangi tartibdagi mehnat yarmarkalari davomida ishtirokchilar:

– tadbirkorlik qilishlari uchun joylardagi bosh turgan yer maydonlarini va foydalanilmayotgan binolar boyicha malumotlar bilan tanishishlari;
– qishloq xojaligi mahsulotlari chorva, parranda, kurka, baliq, asalari, quyonchilik, bogdorchilik ishlarini tashkil etish, ayniqsa, tomorqa xojaligiga oid barcha turdagi xizmatlarni bilan tanishish va shartnomalar tuzish;
– bitiruvchilarning biznes-rejalarini moliyalashtirish boyicha kreditlar olish;
– jamgarib boriladigan pensiya hisob (INPS) va soliq tolovchining identifikatsion (STIR, INN) raqamlarini olish;
– oz bizneslarini boshlash istagida bolganlar uchun mini- texnologiyalar, jihozlar va asbob uskunalar bilan tanishish va shu joyning ozida xarid qilish boyicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
– mavjud bosh ish orinlari, shuningdek sanoat, xizmat korsatish va qishloq xojaligi yonalishlarida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratiladigan ish orinlari togrisida malumotlar burchagi tashkil etiladi, ishtirokchilar ozlariga maqbul bolgan ish orinlariga yollanmalar beriladi;
– tort tomonlama tuzilgan shartnomalar hamda tuman (shahar)dagi yirik korxonalarga kollej bitiruvchilari egallagan kasb mahorati va qobiliyatini namoyish etish joylarini tashkil etiladi;
– yarmarkaning ozida yagona darcha xizmatidan foydalanib oz biznesini davlat royxatidan otkazadi;
– ishga joylashish va oz bizneslarini ochishga komaklashish boyicha tegishli mutaxassislar tomonidan maslahatlar beriladi.

Natijada, mehnat yarmarkasi ishtirokchilari, ayniqsa kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ozlariga maqbul kelgan ishga joylashishi, tadbirkorlik faoliyatlarini yolga qoyishi hamda tomorqa xojaligini yanada rivojlantirish orqali fuqarolarning daromad manbaini oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (10-04-2017, 14:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -