» » Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni uch barobarga oshib ketdi

Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni uch barobarga oshib ketdi


Yaponiyada karantinga olingan sayohat kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni uch barobarga oshib, 61 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, NHK telekanali xabar berdi.

Avvalroq 20 kishi koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi 5-fevral kuni shifokorlar 10 kishida yangi koronavirus sabab bo‘lgan pnevmoniyani aniqlaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, virus gonkonglik yo‘lovchi tomonidan yuqtirilgan bo‘lishi mumkin.

Sayohatchilarni tashuvchi kompaniyaning xabar berishicha, Yaponiyaga samolyotda uchib kelgan 80 yoshli erkak 20—25-yanvar kunlari Diamond Princess bortida bo‘lgan. Gonkongda mazkur yo‘lovchidan koronavirus topilgan.

Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Kema operatori tomonidan xabar berilishicha, uch nafar yaponiyalik, Xitoyning uch nafar fuqarosi, ikki nafar avstraliyalik va AQShning bir nafar fuqarosi, shuningdek, filippinlik ekipaj a’zosi tasdiqlangan tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir: Yaponiya qirg‘oqlarida karantinga olingan Diamond Princess kemasidagi hayot (fotogalereya)

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda jami 28 060 nafardan ortiq fuqaro kasallanib, kunlik o‘sish 15,2 foizni (3 667 nafar) tashkil etmoqda. 564 (2 foiz) nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют