» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bo‘yicha forum o‘tkazadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bo‘yicha forum o‘tkazadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11, 12-fevral kunlari yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha forum o‘tkazadi, deb xabar berdi “RBK”.

JSSTning Jenevadagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadigan forum yuqumli kasalliklarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha global ilmiy jamoatchilik bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 636 kishiga yetdi, butun dunyo bo‘ylab 24,5 ming kishi kasallikni yuqtirib olgan.

“JSST ilmiy jamoatchilikni tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va taraqqiyotni tezlashtirish uchun (koronavirus vaksinasini yaratish) birlashtirib, muhim muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi”, — deydi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

Avvalroq JSST birinchi marta Xitoyda koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirib olganlar soni kamayganini qayd etgani haqida xabar berilgan edi. 7-fevral kuni Uxandagi gospital yangi turdagi koronavirus xavfi haqida birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan shifokor Li Venlyan koronavirus oqibatida vafot etganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Xitoylik erkak bozorda 15 soniya ichida koronavirusga chalindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют