» » Video: Chilonzordagi YTH oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi

Video: Chilonzordagi YTH oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi


Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi. Hodisa aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Avariya 6-fevral kuni yarim tunda Arnasoy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 25 yoshli Javohir M. boshqarib kelayotgan Spark 36 yoshli Davron A. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Matiz haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. Uning 27 yoshli yo‘lovchisi Azizullo M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Spark haydovchisi, uning yo‘lovchilari — 22 yoshli Akbar A., 18 yoshli Abbos X. va 20 yoshli Abdulloh X. ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, mashinalar to‘qnashuvi Matiz haydovchisi belgilanmagan joydan orqaga qaytib olishga qaror qilgani sababli sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют