» » Koronavirus sababli Abxaziya O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi

Koronavirus sababli Abxaziya O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi


Abxaziya 4-fevraldan “Psou” va “Ingur” nazoratdan o‘tish joylari orqali beshta davlat fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi, deb xabar berdi Sputnik.

Cheklovlar Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan joriy etildi.

Qayd etilishicha, migrantlar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning kirishiga cheklov koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi bilan bog‘liq.

JSST tomonidan joriy etilgan favqulodda holat olib tashlanishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.

Ayni paytda vaqtinchalik cheklovlar Rossiya, DNR, LNR va Ukraina fuqarolariga ta’sir qilmaydi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti keyingi haftada koronavirus bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют