» » Hyundai ham Xitoydagi koronavirus tufayli mashinalar yig‘ishni to‘xtatdi

Hyundai ham Xitoydagi koronavirus tufayli mashinalar yig‘ishni to‘xtatdi


Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi koronavirus tufayli Xitoydan ehtiyot qismlar yetkazib berilishi qisqargani sababli mamlakatda mashinalar yig‘ish to‘xtagan. Bu haqda RTVI xabar bermoqda.

Hyundai korxonalari 10-fevralda to‘liq ishini to‘xtatadi. Kia kompaniyasi ham shunday yo‘l tutmoqchi.

Ikki kompaniya ham o‘tgan yil yanvar oyi oxirida, ehtiyot qismlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tug‘ilgandan keyin ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishni boshlagandi. Xitoydagi ko‘plab zavodlar hozirda yopilgan: mamlakat rasmiylari koronavirus tarqalgani sababli Yangi yil ta’tillarini 10-fevralgacha uzaytirdi.

Hyundai vakiliga ko‘ra, Xitoydagi ehtiyot qismlar zavodi 10 yoki 11-fevralda faoliyatini boshlasa, ishlab chiqarishga yetadigan zarar cheklangan darajada bo‘ladi. Aks holda, avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar katta yo‘qotishlarga duch keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют