» » Ustyurtdagi tuzoq kameralar leopardni rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi

Ustyurtdagi tuzoq kameralar leopardni rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi


Ustyurt platosining “Ustyurt” qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan tuzoq kamera leopardni rasmga tushirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Sreda.uz”.

O‘zbekistonlik zoologlarning ta’kidlashicha, ushbu noyob yirtqich O‘zbekiston tomoniga juda kamdan-kam hollarda keladi. “Ozuqa bazasi qoniqarli: tog‘ echkilari, jayronlar, quyonlar. Qoplonqirda ko‘plab yirik hayvonlarning izlarini ko‘rdik”, — deyiladi xabarda.

Leopard — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Leopardlarning 27 ta turi mavjud. Ularning terisidagi dog‘lar, inson barmoq izlari kabi takrorlanmas. Leopardlarning uzunligi dumini hisobga olmaganda 190 santimetrga, og‘irligi 75 kilogrammga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo cho‘l tashabbusi (CADI) loyihasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan dala tadqiqot ishlarida O‘zbekistonda kam uchraydigan hayvonot turlarining Ustyurtda paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют