» » O‘zbekistonda dam olish kunlari shamol tezligi kuchayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari shamol tezligi kuchayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga xorijiy janubiy tumanlardan juda iliq havo oqimi kirishda davom etadi. Mamlakat hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17—20 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10—12 darajaga yuqoridir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shiddat bilan esganda shamol tezligi sekundiga 23—28 metrgacha yetishi mumkin.

9-fevral, yakshanba kuni, O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi ustida shakllangan siklon kirishni boshlaydi. Respublika bo‘ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, hamma joyda bulutlilik ortadi.

Shimoli-g‘arbiy tumanlar va cho‘lli hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Markaziy va janubiy tumanlar, shuningdek, Toshkentda kechga yaqin kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati biroz pasayadi, lekin shunga qaramay me’yordan yuqori bo‘ladi: kechasi 4—7 daraja iliq, kunduzi 14—17 daraja iliq, ayrim joylarda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi.

Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat keskin pasayib 3—8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют