» » Donald Trampning o‘g‘li AQShlik mashhurlarga mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganliklari haqida eslatdi

Donald Trampning o‘g‘li AQShlik mashhurlarga mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganliklari haqida eslatdi


AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Donald kichkina Tramp 9-aprel, yakshanba kuni Amerika shou-biznesi yulduzlariga o‘tgan yilgi saylovlarda respublikachi g‘alaba qozonsa, ular mamlakatni tark etishni rejalashtirganligi haqida eslatdi. Bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Blogerlardan biri “So‘llarni qo‘llab-quvvatlovchi fransuz mashhurlari saylovlarda Le Pen g‘olib bo‘lsa Kanadaga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilmoqda. Buni avval ham qayerda eshitgan bo‘lishim mumkin?” — deb yozdi.

Donald kichkina Tramp shu zahoti bu savolga “Aynan shunday qilishga va’da bergan barcha mashhurlar qachon ketishini hamon kutayapman!!!” — deya javob qaytardi.  

O‘tgan yili Amerika shou-biznesining o‘nlab yulduzi Tramp prezident bo‘lsa, mamlakatni tark etishi haqida ma’lum qilgan edi. Yosh aktrisa va yozuvchi Lina Danem Kanada, Emi Shumer — Ispaniya, aktyor Semyuel Jekson — Janubiy Afrika, aktrisa va qo‘shiqchi Barbara Streyzand — Avstraliya yoki Kanada, qo‘shiqchi Sher esa Yupiterga ketishni rejalashtirgan edi.

“Vashington ekzeminer” gazetasining ma’lum qilishicha, ulardan hech biri bergan va’dasini bajarmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!  

Опубликовано: admin (10-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют