» » Tailandda tibbiy niqob taqishdan bosh tortgan sayyohlarni mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilindi

Tailandda tibbiy niqob taqishdan bosh tortgan sayyohlarni mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilindi


Tailand sog‘liqni saqlash vaziri Anutin Charnveyerakul sayyohlarning tibbiy niqob taqmayotganini tanqid qildi va koronavirus tarqalishi xavfini oshirmasligi uchun mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda CNA’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

“Bunday odamlarni Tailanddan chiqarib yuborishimiz lozim”, — degan vazir jurnalistlarga. Uning ta’kidlashicha, sayyohlarga bepul tibbiy niqoblar tarqatilmoqda, lekin ular olishdan bosh tortmoqda.

Keyinchalik yevropaliklar hamkorlik qilishdan va niqob taqishdan bosh tortganligi sababli jahl ustida aytganligini bildirib uzr so‘ragan.

Qayd etilishicha, turizmdan keladigan daromad Tailand YaIMning 18 foizini tashkil etadi. 2019-yilda mamlakatga 10 milliondan ortiq Xitoy fuqarolari tashrif buyurgan. 7-fevral ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Tailandda esa 25 kishi koranavirus bilan kasallangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют