» » Kolumbiya universitetida 101-marta Pulitser mukofoti laureatlari e’lon qilinadi

Kolumbiya universitetida 101-marta Pulitser mukofoti laureatlari e’lon qilinadi


Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida 10-aprel kuni jurnalistika, adabiyot va musiqa sohasidagi nufuzli sovrin — Pulitser mukofotining laureatlari e’lon qilinadi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita vakili Sabina Li ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

101-marta o‘tkazilayotgan tadbir mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00) da boshlanishi ma’lum qilinmoqda. Laureatlar nomlari Pulitser mukofoti tashkiliy qo‘mitasi rahbari Maykl Prayd tomonidan e’lon qilinadi.

Mukofotlar esa keyinroq, may oyida topshiriladi.

Mazkur mukofot amerikalik jurnalist va nashriyotchi Jozef Pulitser tomonidan ta’sis etilgan.

U 1904-yilda qoldirgan vasiyatga ko‘ra, Kolumbiya universitetiga ikki million dollar xayriya qilgan. Mazkur pullarning katta qismi jurnalistlar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasini tashkil etish, uning chorak qismi esa adabiyot, jurnalistika va ta’lim sohasida mukofot va stipendiyalar taqdim etish uchun mo‘ljallangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют