» » Niqobdagi kelin-kuyovlar, BAAdagi chiroqlar festivali, Boyqo‘ng‘irdan uchgan raketa. 7-fevralning eng qiziqarli suratlari

Niqobdagi kelin-kuyovlar, BAAdagi chiroqlar festivali, Boyqo‘ng‘irdan uchgan raketa. 7-fevralning eng qiziqarli suratlari


7-fevral, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Yangi Janubiy Uels, Avstraliya

Avstraliyalik fermerlar uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng yoqqan yomg‘irdan quvonmoqda.

Chxongshim, Janubiy Koreya

Janubiy Koreyada bir necha ming juftlik ommaviy to‘ylar bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreyada 24-marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 7-fevralning asosiy xabarlari

Nyu-York, AQSh

Nyu-Yorkdagi modalar haftaligida model Koko Rosha Christian Siriano kolleksiyasini namoyish etmoqda.

Zagreb, Xorvatiya

Zagreb Greenpeace’ning global aksiyasiga qo‘shildi. Aksiya keyingi bir necha kunda 20 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladi. Suratda erib borayotgan pingvinlar haykali tasvirlangan. Haykallar iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari va uni yumshatishdagi okeanning rolini ifodalamoqda.

Sharja, BAA

Sharjada o‘ninchi chiroqlar festivali o‘tkazilmoqda.

Gonkong

Koronavirusning himoyalanish uchun niqob taqib olgan erkak.

Mavzuga doir: Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar

Keyptaun, JAR

Tennischilar Rojer Federer va Rafael Nadal xayriya o‘yini oldidan selfiga tushmoqda.

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i

Donald Trampning Yaqin Sharqni barqarorlashtirish bo‘yicha taklifiga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Gollivud, AQSh

92-an’anaviy “Oskar” mukofoti taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

San-Salvador, Salvador

Oyog‘iga kishan taqilgan Mara 18 jinoiy guruhi a’zolari sud zalida o‘tiribdi.

London, Rossiya

Vinsent van Gogning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma.

Kalkutta, Hindiston

Hindistonning hukmron partiyasi vakillari va tarafdorlari musulmonlarni kamsituvchi deb atalayotgan qonunni qo‘llab-quvvatlamoqda.

London, Buyuk Britaniya

Ekofaollar British Petroleum’ga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

Boyqo‘ng‘ir, Qozog‘iston

“Soyuz” raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan havoga ko‘tarilmoqda.

Afrin, Suriya

Idlibdan ko‘chirilgan bolalar Afrinda yomg‘ir ostida yurmoqda.

Avvalgi kunlarning eng qiziqarli suratlari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 04:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют