» » O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchixonalari o‘qishini ko‘chirish istagidagi talabalarga yordam beradi

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchixonalari o‘qishini ko‘chirish istagidagi talabalarga yordam beradi


O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirish istagini bildirgan talabalarga O‘zbekistonning mazkur davlatlardagi elchixonalari yordam beradi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-sonli bayoni bilan Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan va o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o‘qiyotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda test sinovi topshirmay o‘qishga kirish imkoniyati paydo bo‘lishii ma’lum qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda hukumat qarori bilan talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi. Mazkur tartibga ko‘ra, 2019-yilning sentabr oyidan boshlab, besh oy davomida “a’lo” va “yaxshi” o‘qigan talabalarning stipendiyasidagi tafovut davlat budjeti hisobidan qoplanadigan bo‘ldi. “Kontraktdagi talaba”lar esa o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar bazaviy stipendiya olishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют