» » JSST koronavirus tufayli tibbiyot niqoblariga talab 100 baravar oshishini taxmin qilmoqda

JSST koronavirus tufayli tibbiyot niqoblariga talab 100 baravar oshishini taxmin qilmoqda


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.

“Dunyo shaxsiy himoya vositalari bozorida jiddiy muammolarga duch keldi. Shaxsiy himoya vositalari kasalxonalar tashqarisida keng va noo‘rin foydalanilayotgani vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Yaqin 4-6 oy uchun zaxiralarimiz tugadi”, — degan u jurnalistlarga. Uning aytishicha, niqoblarni birinchi navbatda shifokorlar va tibbiyot xodimlariga, keyin esa bemorlar va ularni parvarishlayotganlarga berish kerak.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 722 kishiga yetdi. Uxan shahridagi krematoriylar koronavirus sabab to‘lib ketgan. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 34 872 kishini tashkil qilmoqda.

Koronavirusdan davolanganlarda uni qayta yuqtirib olish xavfi mavjud. Shifokor Chjan Sinyuanning aytishicha, tuzalib ketgan bemorlarda qaytadan kasallikka chalinish xavfi bo‘lgani sabab, ular barcha himoya choralarini ko‘rishi shart.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют