» » AQSh Xitoy va koronavirus qayd etilgan mamlakatlarga 100 mln dollar ajratadi

AQSh Xitoy va koronavirus qayd etilgan mamlakatlarga 100 mln dollar ajratadi


AQSh Xitoy va koronavirus qayd etilgan boshqa mamlakatlarga kasallikka qarshi kurashish uchun 100 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Xitoy esa virusni davolash uchun quriladigan kasalxonalarga 43,2 million dollar mablag‘ ajratadi.

“Amerika xususiy sektorlari tomonidan xayr-ehson qilingan yuz millionlab dollar AQSh rahbariyatining infeksiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi majburiyatini namoyon etadi”, — deydi Pompeo. Hujjatda keltirilishicha, AQSh joriy hafta Xitoyga 17,8 tonna himoya vositalarini yuboradi. Ular orasida tibbiyot niqobi, xalat, doka, respirator va boshqa zaruriy vositalar bor.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 722 kishiga yetdi

Avvalroq Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 5 million dollar ajratdi. Yanvar oyining oxirida xitoylik milliarder va Alibaba asoschisi Jek Ma 100 million yuan (14,4 million dollar) ajratgan. Shuningdek, Baidu, Tencent va ByteDance kabi boshqa yirik texnologik kompaniyalar 115 million dollar mablag‘ni yangi dori vositalarini yaratish va jabrlanganlarga yordam ko‘ratish uchun ajratdi. Apple ham koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishni va’da qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют