» » AQSh Tokioga Suriyaga zarba berishning huquqiy asoslari haqida tushuntirish bermadi

AQSh Tokioga Suriyaga zarba berishning huquqiy asoslari haqida tushuntirish bermadi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 9-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatida Amerikaning Suriyaga raketa zarbasi huquqiy asoslari to‘g‘risidagi masalani muhokama etmadi. Bu haqda Tokiodagi matbuot anjumanida vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Yaponiya va AQSh yetakchilarining telefon orqali suhbatida xalqaro huquq nuqtai nazaridan harbiy harakatlar uchun asos yuzasidan tushuntirish berilmadi. Mamlakatimiz mazkur harbiy operatsiyaning ishtirokchisi emas, hozir biz shunchaki Amerika tomonining pozitsiyasini tinglamoqdamiz”, — dedi u.

“G‘arb va Yaqin Sharq mamlakatlari AQShning mazkur harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mazkur masala ‘yettilik’ doirasida, BMT va boshqa maydonlarda muhokama etilishi taxmin qilinmoqda. Biz xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda ishtirok etish niyatidamiz”, — deya ta’kidladi Yosixide Suga.

9-aprel kuni Yaponiya va AQSh rahbarlari 45 daqiqalik telefon orqali suhbat uyushtirib, unda Suriya va KXDRdagi vaziyat muhokama etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют